Yangiliklar

Ibrohim G‘ofurov va Naim Karimov G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

gafurgulom

🏅 Ibrohim G‘ofurov va Naim Karimov G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

 

ℹ️ Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini targ‘ib qilish ishlarida faol ishtirok etayotgan universitet xodimlari, talabalar, olimlar va jamoatchilik vakillarini munosib rag‘batlantirish maqsadida G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.

 

🎉 Bugun, buyuk adib tavalludining 118 yilligi munosabati bilan universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan ko‘krak nishoni navbatdagi egalariga topshirildi.

 

✅ “G‘afurona tarona” essesi, adib xotirasiga bag‘ishlangan tahliliy maqolalari bilan adib ijodini tahlil qilib, targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, adib, tarjimon Ibrohim G‘ofurov hamda atoqli adibning 10 jildli mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashdagi ishtiroki, “G‘afur G‘ulom” nomli kitob va yigirmaga yaqin maqolalari uchun Shahidlar xotirasi xayriya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari, akademik Naim Karimov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

👉 Taqdirlash davomida ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarning holidan xabar olinib, nishonlar shaxsan universitet rektori Rahimjon Xakimov tomonidan topshirildi.


 

Izoh qoldiring
Izohlar soni: 0